Home
Ekles
Yangiliklar

Sun’iy intellekt sohasida standartlashtirish: global tajribalar va ustuvor vazifalar

12:22 / 22.04.2026
11 ko'rildi
2 min o'qish
News Image

Sun’iy intellekt Alyansi tashabbusi bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston standartlar instituti, “UNICON.UZ” ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Bugungi kunda xalqaro tashkilotlar (ISO, ITU, IEEE) tomonidan sun’iy intellekt sohasida 200 ga yaqin standartlar qabul qilingan.

Standartlashtirish sun’iy intellekt texnologiyalarining ishonchli, xavfsiz va keng ko‘lamda qo‘llanilishini ta’minlashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Dunyoning yetakchi rivojlangan mamlakatlarida bu sohada jadal faoliyat olib borilib, qatar samarali natijalarga erishilgan. Sun’iy intellekt sohasida standartlashtirish innovatsiyalarni cheklovchi omil emas, balki ularni tizimli rivojlantirish va keng joriy etishning muhim vositasi hisoblanadi.

O‘zbekistonda ham sun’iy intellekt sohasida standartlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 2030-yilga qadar 79 ta standart ishlab chiqish va joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 28 ta standart qabul qilingan.

Davra suhbati yakunida bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi, xususan:

- sun’iy intellekt sohasida milliy standartlar tizimini shakllantirish;

- ushbu jarayonga davlat organlari, ilmiy doiralar, biznes vakillari hamda texnologik kompaniyalarni keng jalb etish;

- xalqaro standartlarni milliy sharoitlarga moslashtirish.