Mahsulotni sinash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
➔ texnik reglamentlarda va standartlarda ko‘rsatilgan mahsulot namunasining muvofiqligini tasdiqlash tavsiflarini aniqlash;
➔ agar sinash muvofiqlikni tasdiqlash doirasidagi tartib-taomil bo‘lsa, muvofiqlikni tasdiqlash amalga oshirilishini taʼminlash.
➔ agar sinash muvofiqlikni tasdiqlash doirasidagi tartib-taomil bo‘lsa, muvofiqlikni tasdiqlash amalga oshirilishini taʼminlash.
Sinash, agar bu muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoki deklaratsiya qilishda qo‘llaniladigan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasida nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash doirasidagi tartib-taomildir. Sinash, agar bu texnik reglamentlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholashning mustaqil shaklidir.
Sinash, agar bu muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoki deklaratsiya qilish chog‘ida qo‘llaniladigan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasida nazarda tutilgan bo‘lsa, akkreditatsiya sohasiga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish chog‘ida mahsulotni sinash va o‘lchash akkreditatsiya qilingan sinash laboratoriyalari tomonidan o‘tkaziladi hamda ularning natijalari bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi.
"EKLES SERTIFICATE" MCHJ sinov laboratoriyasi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan 2024 yil 14-mart akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, Muvofiqlikni baholash organlari davlat reyestrida O'ZAK.SL.0340 -son bilan ro‘yhatga olingan.
"EKLES SERTIFICATE" MCHJ sinov laboratoriyasi tomonidan, akkreditatsiya sohasiga muvofiq Lokomotivlar, harakatdagi tarkiblar,texnikalar,uskunalar,materiallar,detallar,uzellar va boshqa turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlari amalga oshiriladi.