Home
Ekles
UZ RU EN
Yangiliklar

Metall va temir yo‘l mahsulotlarini sertifikatlashtirish organida davriy baholash o‘tkazilmoqda

News Image

“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM Mahsulot, xizmatlar va xodimlarni sertifikatlashtirish organlarini akkreditatsiya qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan metall va temir yo‘l mahsulotlarini sertifikatlashtirish organida O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 standarti talablari asosida navbatdagi davriy baholash ishlari olib borilmoqda.
Baholashdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sertifikatlashtirish organi faoliyatining belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash, uning kompetentligi va xolisligini baholash, shuningdek, sertifikatlashtirish jarayonlarining ishonchliligi hamda samaradorligini ta’minlashdan iborat.
Davriy baholash doirasida sertifikatlashtirish organining tashkiliy tuzilmasi, mavjud resurslari, xodimlarning kasbiy malakasi va kompetentligi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xolislikni ta’minlash mexanizmlari o‘rganilmoqda.
Shuningdek, sertifikatlashtirish sxemalari va tartib-taomillarining standart talablariga muvofiqligi, muvofiqlikni baholash natijalari asosida qarorlar qabul qilish jarayonining ob’ektivligi, izchilligi va takrorlanuvchanligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari, mijozlarga tegishli ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, hujjatlashtirilgan axborotni boshqarish, shikoyatlar va apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish mexanizmlari hamda ichki audit natijalari tahlil qilinmoqda. Rahbariyat tomonidan faoliyat natijalarini tahlil qilish va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan tuzatuvchi choralarning samaradorligi ham baholash jarayonining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Ushbu ob’ektda davriy baholash ishlari davom etmoqda.